Klopp: "Simeone xursand bo'lib, xonada yugurmagani aniq"

Mirjalol Normatov
16 dek 2019, 21:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL 1/8 finali uchun tashlangan qur'a borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

1/8 finalda "Liverpul" "Atletiko" bilan o'ynaydi.

"Qiziqarli qur'a bo'ldi. Haqiqatdan ham, bizga Madridning bir jamoasi tushishini sezgandim va bu amalga oshdi.

Madriddan ajoyib xotiralar qolgan (YCHLning so'nggi finali "Atletiko" maydonida o'tgan va unda "Liverpul" g'alabaga erishgandi). Nima deya olaman? Ushbu stadionda men hayotimdagi eng muhim kunlarimdan birini o'tkazganman. Biroq bu safar ham u erga borish oldidan astoydil tayyorlanish kerak. Bu safar biz stadionning egasiga qarshi o'ynaymiz.

Oldimizda qiyin vazifa bizni kutib turibdi. Biroq 1/8 final juftliklarini qarasak, finalga tenglashtirilishi mumkin bo'lgan o'yinlar juda ko'p. So'nggi yillardagi eng jiddiy qur'a bo'ldi va bu yildan yilga jiddiylashib bormoqda. Endi buyog'iga oson raqib uchramaydi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal