Klopp: "Sevilya"ga qarshi bahsda Morenoning omadsiz o'yini - 100% mening aybim"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2017, 14:23
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Sevilya"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida (3:3) yomon o'yin ko'rsatgan Alberto Moreno haqida fikr bildirdi.

"Ha, o'sha o'yinda Moreno o'zining odatiy futbolini ko'rsata olmadi va bunga men javobgarman. Bazi o'zgarishlar kiritishim mumkin edi. U bilan oila a'zosidek gaplashib oldik.

Agar siz 1,2 yoki 3% e'tiborni yo'qotsangiz, bu yomon bir narsaning boshlanishiga olib kelishi mumkin. O'zgarishlar haqida avvalroq o'ylashim kerak edi. Bu futbolchining aybi emas, 100% javobgarlik mening bo'ynimda" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportsmole