Klopp: "Salohning YCHL finalidagi jarohati? Bu shavqatsiz qo'pollik edi"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2018, 22:31
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL finalida hujumchi Muhammad Salohning jarohat olgani haqida gapirdi.

"Agarda "Real"chi bo'lmasangiz, siz bilan takroriy lavhani tomosha qilamiz. Bu shavqatsiz qo'pollik edi.

"Vau, ajoyib vaziyat", demaysiz buni ko'rib. O'sha hakam keyin JCHda ishladi. Fikrimcha bunday vaziyatlarga e'tiborli bo'lish kerak. Agarda VAR tizimi bo'lganida buni borib ko'rish kerak edi. Qizil berish shart emas. Shunchaki: "Nimalar bo'ldi?", deb o'ziga savol berish kerak.

Bu qo'pollik edi. Bunday vaziyatlar har doim jarohatlar bilan yakunlanadi. Muhammadning omadi kelmadi. Biroq bunday vaziyatlar endi eslashga ham arzimaydi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com