

"Real Madrid" hech qachon bir lahza bo'lsa ham o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotmaydi. Ulardan o'rganish lozim bo'lgan jihatlar mavjud. 2021 yilda biz ular bilan mashg'ulotlar bazasida o'yin o'tkazdik va 3:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Keyin biz madridliklarga qarshi bo'm-bo'sh "Enfild"da yaxshi o'yin namoyish etdik. O'sha uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlangandi. Biroq hozirda raqib butkul boshqa jamoaga aylangan", - dedi Klopp matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi so'nggi Chempionlar ligasi finalida Vinisiusning goli evaziga “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.



