Klopp - "Oltin to'p"ga da'vogarlik qilayotgan 7 futbolchisi borasida: "Kim da'vogarlik qilmayapti?"

Mirjalol Normatov
23 okt 2019, 22:57
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Oltin to'p"ga da'vogarlar borasida gapirdi.

"Bu borada eshitganimdan keyingi ilk savolim: "Kim da'vogar emas?" bo'ldi. Agarda jamoamizdan kimdir ushbu sovrinni qo'lga kiritsa, bu biz uchun katta yutuq bo'ladi. Bunday bo'lmasa, bu futbolchilarim uchun hech qanday zarba bermaydi. Menimcha, ekspertlar bir jamoadagi ko'plab yaxshi futbolchilarni da'vogarlar ro'yxatiga kiritishi, ajoyib holat", - dedi Klopp.

"Oltin to'p" uchun "Liverpul"ning Alisson Beker, Virjil van Deyk, Trent Aleksander-Arnold, Jorjino Veynaldum, Moxamed Salax, Sadio Mane va Roberto Firmino kabi futbolchilari ham da'vogar bo'lishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express