Klopp Obameyyangning gol nishonlashidan norozi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2015, 16:15
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Per-Emerik Obameyyang va Marko Roysning "Shalke-04"ga qarshi o'yinda golni o'zgacha tarzda nishonlaganidan norozi.

Obameyyang gol urganidan so'ng Betmen, Roys esa Robin (Betmen yordamchisi) ning niqoblarini kiyib olishdi. Natijada hakam ularni sariq kartochka bilan "siyladi".

"Obameyyang o'ziga juda ishongan va gol urishini kutib, maydonga niqobini yashiradi. Ammo bu borada u bilan gaplashib olishim kerak" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com