Klopp: "Muvaffaqiyatsizliklar "Chelsi"ni yanada kuchaytirishi mumkin"

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2015, 20:00
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Futbolchilarim "Chelsi"ni hurmat qilishlari lozim. Ushbu o'yinda g'alaba uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz. Ramires, Matich, Keyxill, Terrilarning barchasi ajoyib futbolchilar. "Chelsi"ga qarshi o'ynash oson bo'lib qoldi deb hisoblamayman. Muvaffaqiyatsizliklar ularni yanada kuchaytirishi mumkin.

Mourinyo? U ajoyib murabbiy. Men jurnalist yoki hakam emasman. Shu sababli u bilan hech qachon oramizda tushunmovchiliklar yuzaga kelmagan", - deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" - "Liverpul" o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Liverpool Echo