Klopp: "Millatlar ligasi - futbol olamidagi eng mantiqsiz turnir"

Aslanov Jasurbek
8 okt 2018, 14:15
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan (0:0) so'ng Millatlar ligasi turnirini tanqid qildi.

"Afsuski, endi yigitlar futbol olamidagi eng mantiqsiz turnir - Millatlar ligasida o'yinlari uchun terma jamoaga yo'l olishlari kerak. Ular sog'-salomat qaytishadi deb umid qilaman.

Hozir futbolchilar uchun og'ir dam, to'g'rimi? Ular haqida o'ylashni boshlash kerak. O'yinlar orasidagi farq juda qisqa. Agar futbolchilar kuchga to'la bo'lishini istasangiz, ularga yozgi tanaffusda dam olishga imkon bering! Xendenson ikki hafta dam oldi, juda g'alati.

Futbolchilarning terma jamoaga yo'l olishi katta muammo emas. Ammo agar hozir murabbiyga qo'ng'iroq qilib, bazi futbolchilarni chaqirmaslikni so'rasam, Millatlar ligasi tufayli bosim ostida ekanligini aytadi.

To'g'risini aytsam, u yerda nima yutish mumkinligini bilmayman, ammo kelasi yozda u yerda qandaydir final bo'lar ekan" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail