Klopp: "Manchester Siti" chempionlar o'yinini ko'rsatmoqda"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018, 13:10
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ning joriy mavsumdagi o'yiniga baho berdi.

"Siti" juda va juda yaxshi harakat qilmoqda. Ularning omadi kelyapti deb bo'lmaydi. Har bir uchrashuvda xatosiz harakatlanishmoqda. O'tgan mavsum ular 100 ochko to'plashdi, bu yil ham o'sha darajada o'ynashyapti.

"Siti"ning kuchsiz tomoni yo'q bo'lsa kerak. To'g'ri, "Everton"ga qarshi bahsning ilk 15 daqiqasida ularning o'yini o'xshamadi, biroq ular Chempionlar ligasidan keyingi bahsni o'tkazishayotgan edi. Ammo baribir "Siti" uchrashuv nazoratini qo'liga oldi va g'alabaga erishishdi. Katta rahmat, keyingisi.

"Siti" - sovrinning amaldagi egasi va ular chempionlar o'yinini ko'rsatishmoqda. O'tgan mavsum g'olib bo'lgan jamoaning chempion bo'lish niyati avvalgisidan kuchliroq. Biz bor-yo'g'i da'vogarmiz. Shu sababli har o'yinda diqqatni bir joyga jamlashimiz kerak" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo