Klopp: "Manchester derbisiga ta’sir o'tkaza olmaymiz, MYU ham shunday bo'lsa kerak"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2019, 16:10
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasida o'tkaziladigan Angliya Premer-ligasi 31-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Manchester derbisi - biz ta’sir o'tkaza oladigan voqea emas. "Yunayted" ham shunday bo'lsa kerak. Ular "Everton"ga qanday hisobda mag'lub bo'lishdi? 0:3? 0:4? Debri - "Siti" o'tkazadigan oddiy o'yin. Biz "Yunayted" bilan o'ynaganimizda ular yaxshiroq formada edi, shu sababli uchrashuvda hisob ochilmagan.

Agar "Yunayted" "Siti" bilan o'yinda ochko olsa va biz "Xaddersfild"ni mag'lub etsak, "Barselona"dan so'ng Nyukaslga yo'l olamiz. E'tiborsizlik qilmasligimiz kerak, bu hozirgacha yaxshi foyda berdi" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports