Klopp "Liverpul" asosiy o'yinchisi safga qaytganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2022, 12:08
"Qizillar"ning yo'qotishlari soni asta-sekin kamayib bormoqda.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Diogu Jota 3 sentyabr kuni "Everton"ga qarshi derbida maydonga tushishga tayyorligini aytdi.

"Jota, ehtimol, birinchi marta tarkibda paydo bo'ladi. U kecha mashg'ulot o'tkazdi, bugun ham qatnashadi. Uning navbatdagi o'yinda maydonga tushishi masalasida bir qarorga kelishimiz kerak. Agar uni o'ynatsak, birinchi marta ixtiyorimizda beshta hujumkor o'yinchi bo'ladi. Bu xuddi Rojdestvoga o'xshaydi", – dedi Klopp.

Shuningdek, hujumchi Darvin Nunes ham 3 o'yinlik diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi. Ammo yetakchi yarim himoyachi Tiago Alkantara hamon jarohatda bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo