Klopp Keytadan qutilmoqchi, u yana Germaniyaga qaytib ketishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 mar 2019, 23:33
“Liverpul" yarimhimoyachisi Nabi Keyta katta ehtimol bilan bo'lajak transfer oynasida jamoani tark etadi.

Teamtalk’ning tarqatgan ma'lumotiga ko'ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchini kelajakdagi rejalariga kiritmagan. Gvineyalik futbolchi APLda o'zini ko'rsata olmayotgani bunga sabab bo'lmoqda deyiladi manbada.

Keyta o'tgan yili “RB Leyptsig”dan “qizillar” tarkibiga kelib qo'shilgandi. Hozirda futbolchiga Germaniya grandlari “Borussiya D” va “Bavariya” klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Teamtalk