Klopp: "Imkoniyat bo'lishi bilan Ingsni maydonga tushiraman"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2016, 16:10
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yuqori raqobat tufayli asosiy tarkibga kira olmayotgan Denni Ingsga bog'liq vaziyatga oydinlik kiritdi.

"Denni mashg'ulotlarda yaxshi ishlayapti, ammo vaziyat shunday - bizdan hujumchilar ko'p. U asosiy tarkibga yaqin... nima deyishim mumkin? U ajoyib yigit. Futbolchi doimo qattiq mehnat qilib, keyin tarkibga kira olmasa - buni qabul qilish oson emas. Bunday o'yinchiga nimadir qaytarishni istaysiz. Har doim ham buning iloji bo'lmaydi, ammo imkoniyat bo'lishi bilan uni maydonga tushiraman" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal