Klopp Gvardiolani eng ko'p mag'lub etgan murabbiyga aylandi

14 yanv 2018, 23:55
APLning 23-turi doirasida "Liverpul" hamda "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Unda Klopp shogirdlari “Siti”ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.

Bu g'alaba Kloppning bosh murabbiy sifatida barcha turnirlar bo'yicha Pepning ustidan qozonilgan beshinchi g'alabasi bo'ldi.

Bungacha hech kim Gvardiolani besh marta mag'lub etmagan edi.



Manba: championat.asia