Klopp: “Gomes “Liverpul”da yana 15 yil o'ynashi mumkin”

17 noya 2017, 23:57
“Liverpul” ustozi Yurgen Kloppning aytishicha, 20 yoshli himoyachi Djozef Gomes uzoq yillar “qizillar” markaziy himoyachisi bo'lib qolishi mumkin.

Gomes markaziy himoyachi rolida doim maydonga tushishga tayyor.U o'zining kamchiliklarini biladi, ammo Jozef hali juda yosh. U ayrim jihatlaridagi kamchiliklarini to'g'irlab, tuzatib, to'ldirib borishi lozim. Ammo u doim maydonga tushishga shay. U ajoyib futbolchi.

Biz Gomes keyingi 15 yilda ham “Liverpul” safida bo'lishini istaymiz va bunga ishonamiz”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.


Manba: Sky Sports