Klopp: "Dortmundga yangi jamoamni ko'rsatish imkoniyatiga egaman"

19 mar 2016, 00:35
Dortmundning "Borussiya" jamoasining sobiq, "Liverpul"ning amaldagi bosh murabbiyi Yurgen Klopp eski qadrdonlari bilan duch kelayotganidan xursand ekanligini bildirdi.


"Ajoyib qur'a. Kecha men aytgandim, qur'adan oson jamoalarni kutishdan ne naf? Agarda sen Yevropa ligasida g'olib bo'lishni istasang, unda kuchli jamoalar bilan o'ynashdan qo'rqmasliging kerak. Dortmund bilan uchrashayotganimizdan xursandman. "Borussiya"ga o'zimning yangi jamoamni ko'rsatish imkoniyatiga egaman. Shuningdek, bolalarga ajoyib stadion va chiroyli shaharni ko'rsataman. Biz hammamiz baxtlimiz. Qur'a vaqtida biz "Sautgempton"ga qarshi o'yin oldidan raqibni o'rganayotgan edik", - deydi Yurgen Klopp.

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de