Klopp dekabrda 28 kunda 9 ta o'yin o'tkazilishiga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
4 dek 2021, 09:05
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning dekabr oyidagi 28 kunda 9 ta o'yin o'tkazishi haqidagi savolga javob berdi.

"Biz mana shunday tig'iz jadvalga o'rganib qoldik. 

Ko'ramiz, dekabr oyi o'rtasida yoki oy yakuniga yaqin vaziyat qanday bo'larkin. Ammo bu haqida gap-so'zlar doim bo'ladi. 

Bunga aql bovar qilmaydi. Bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. 

Rojdestvo kelmagunicha barchasi joyida bo'ladi. Bu anana, tushunaman. Ammo dekabr oyi oxirida qiyin paytlar keladi", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC