Klopp: "Bu "Liverpul"ga xarajatlar kerak emas"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klubning yozgi transfer oynasidagi rejalari haqida gapirib berdi.

"Yozgi rejalar haqida gapirmoqchi emasman, ammo bu jamoaga xarajatlar kerak emas. Eng yaxshi yo'li - futbolchilar guruhini yig'ib, ularni o'stirib, bu o'yinchilarni jamoada saqlab qolish. Bu "Liverpul"ning so'nggi 10 yillikdagi asosiy muammoasi bo'ldi. Bu yerda yaxshi jamoa yig'ilsa, kelasi mavsum futbolchilar boshqa klublarga o'tib kyetishardi. Joriy yil bunday bo'lmaydi" - deydi Klopp.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com