Klopp: "Biz ham Isko va Tyagoni sotib olmoqchi edik"

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013, 12:37
O'tgan mavsumda jamoasini Chempionlar Ligasi finaligacha olib borgan "Vorussiya Dortmund" murabbiyi Yurgen Kloppning takidlashicha, u jamoasiga Isko va Tyago Alkantaralarni qo'shib olmoqchi bo'lgan.
Mario Gyotce 37 million evro evaziga "Bavariya"ga o'tib ketgach uning o'rnini to'ldirishga qirishgan Kloppning nomzodlar ro'yxatida ipasniyalik bu ikki futbolchi ham bo'lgan.

Shunday bo'lsa-da, "Borussiya" Mxitaryan transferi bilan ovora bo'lib turgan bir vaqtda har ikki futbolchi boshqa klublar bilan shartnoma imzolashga ulgurdi. Isko "Real" bilan, Alkantara esa "Bavariya" bilan.

"Iskoni sotib olish haqida o'ylagandik. Biz ham ahmoq emasmiz. Tyago Alkantarani ham jamoaga taklif qilmoqchi edik. Ularni hammasini biz ham kuzatib yurgandik".

"Isko uchun baxsda bizga hech qanday imkoniyat qoldirilmasligi oldindan ma'lum bo'lib qolgandi o'zi", - deydi Klopp.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: goal.com