Klopp: "Biz bundan ham yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin edi"

Sherzod Nurmatov
6 okt 2023, 14:34
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Union"ga qarshi Yevropa Ligasi 2-tur uchrashuvi (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Qizillar" unchalik yaxshi o'yin ko'rsatishmadi, lekin g'alaba qozonishdi.

"Yaxshi. Juda yaxshi boshladik, lekin keyin biz ritmimizni biroz yo'qotib qo'ydik va raqibimiz ko'p vaziyatlar hosil qilishida imkoniyatlar yaratib berdik. Professional o'yin, lekin biz bundan ham yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin edi. Ish bajarildi. Bu ham muhim.

Har doim ajoyib o'yin ko'rsatib, g'alaba qozona olmaysiz. Bu biz uchun yaxshi, chunki bu o'yindan so'ng ko'p narsani o'rganishimiz mumkin. To'g'ri ritm bilan va usiz o'ynasak, biz boshqacha ko'rinamiz. Xuddi shu o'yinchilar bilan. O'rganishimiz kerak bo'lgan ko'p narsa bor", – dedi murabbiy.

"Liverpul" Yevropa Ligasidagi navbatdagi o'yinini 26 oktyabr kuni o'z maydonida "Tuluza"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC Sport