Klopp APLning yangi mavsumida chempion bo'ladigan klub nomini aytdi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2022, 23:52
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yaqinda start oladigan Angliya Premer-ligasida qaysi jamoa chempionlik shohsupasiga ko'tarilishini taxmin qildi.

Germaniyalik mutaxassisning fikricha, joriy mavsum ham amaldagi chempion "Manchester Siti" g'oliblikni qo'lga kiritadi.

"Asosiy vazifamiz Chempionlar ligasida munosib ishtirok etish. Mavsumning katta qismida APL bilan birga ushbu turnirda kurashishga to'g'ri keladi. Yangi mavsumda APL chempionligi uchun kurash qizg'in kechishiga shubham yo'q. Kimlar ushbu poygada qatnashishini aniq aytolmayman, biroq, o'ylashimcha, "Siti" yakunda chempion bo'ladi. Bizning maqsadimiz esa - eng yaxshi mavsumlarimizdan birini o'tkazish. Chempionat boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz", - dedi Klopp.

Eslatib o'tamiz, so'nggi APLda so'nggi besh mavsumning to'rttasida "Manchester Siti" g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sportbible