Klopp: “APL titulini qatorasiga ikkinchi yil qo'lga kiritish? Bu kulgili”

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2020, 19:55
“Liverpul" ustozi Yurgen Klopp hozircha Premer-liganing keyingi mavsumida chempion bo'lish haqida o'ylamayotganini gapirdi.

“Bu gaplarni eshitdim. Ko'pchilik, APL titulini qatorasiga ikkinchi marotaba qo'lga kiritishimizga ishonadi. Ammo bu kulgili. Bu Angliya uchun odatiy hol.

2011 yil dortmundning “Borussiya”si bilan Germaniya Bundesligasi g'olibi bo'lganimda, hech kim keyingi mavsum ham titul qo'lga kiritishimiz kerakligi haqida aytmadi.

Insonlar bizdan yana champion bo'lishimizni kutishi mumkin. Buning bo'lish ehtimoli mavjud. Biroq, keyingi rejalar haqida o'ylasam, yana bitta titul haqida qayg'urishni xohlamayman.

Bularning bari buni xohlamasligimizni anglatmaydi. Shunchaki, “hozir” va “keyin” o'rtasida ko'p qadamlarni bosib o'tishingiz zarur bo'ladi”, deydi germaniyalik mtuaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports