

“Tarifga so'z yo'q. Yorqin, fantastik o'yin. Yaxshi formadagi jamoaga qarshi top darajadagi futbol ko'rsatdik.
Ikkinchi bo'lim starti juda yaxshi boshlandi, oxiri ham yomon bo'lmadi. Bu futbol, shunaqasi bo'lib turadi.
Bu o'zimiz istagan turtki edi. U bizni to'g'ri yo'nalishga boshladi. Hali ham o'z o'rnimizdaligimizni hamma bilishi kerak. Bugun qanday kuchga egaligimiz, bundan keyin qanday bo'lishimiz zarurligini yaxshi namoyish eta oldik.
Bugun barchasi yuqori darajada edi. Bu biz uchun juda ham muhim. Oldinda 13 ta o'yin bor? Bu juda ko'p ochko degani. Bugun barchasi ideal bo'ldi”, deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar 42 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Jamoada bitta zaxira uchrashuvi ham bor.



