Klinsman: "AQSH terma jamoasi KONKAKAF Oltin kubogida g'olib bo'lmoqchi"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2015, 21:43
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmanning takidlashicha, amerikaliklarni KONKAKAF Oltin kubogida faqat chempionlik qoniqtiradi.

Turnir 7 iyulda boshlanadi.

"Bu turnirda yosh futbolchilarga imkon berish uchun qatnashmaymiz. Biz g'olib bo'lib, Konfederatsiyalar Kubogida ishtirok etish niyatidamiz. Shu sababli, yangi iqtidorlarni qidirish ikkinchi darajali bo'ladi. Maqsadimiz chempionlik" - deydi Klinsman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com