
Ushbu rekord Bravoga qadar Pedro Artoliga tegishli edi. Pedro Artoli chempionat startida 560 daqiqa "quruq" seriyani saqlashga erishgan va bu natija 37 yil mobaynida yangilanmay kelinayotgandi. "Barselona" - "Rayo Valekano" uchrashuvining 21 daqiqasigacha Bravo o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi va Artolining rekordini yangilashga erishdi.