"K.K 26" akciyasiga 3 kun qoldi! 3 kundan keyin Qarshida uchrashamiz!

Nadirkhuja Yuldashev
19 noya 2014, 17:02
Yana roppa-rosa uch kundan so'ng Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlab o'tkazilayotgan xayriya akciyamizning ilk tadbiri bo'lib o'tadi.

Qarshidagi "Geolog" zalida bo'lib o'tadigan tadbir qiziqarli o'tishi kutilyapti. Ayni paytda "Nasaf" FK bilan hamkorlikda tashkillashtirilayotgan shou muxlislarga yoqishiga umid qilamiz.

Shu kungacha o'z xayriyasini tadbirda berishni niyat qilib kelgan o'quvchilar, zalga o'rnatiladigan maxsus qutilarga o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib pul tashlashlari mumkin bo'ladi. 

Toshkentdagi tadbir 29 noyabr kuni "Yoshlik" sport zalida ("Paxtakor" metro bekati yonida) bo'lib o'tadi. Unda Kamoliddin Kenjaev do'stlari O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi baxs olib boradilar.

Shuningdek, shu kuni saytimizning 4 yoshi munosib nishonlanadi. K.Kenjaev futbolkasini xarid qilgan sayt o'quvchilaridan tashkil topgan terma jamoa O'zbekiston futbolining yulduzlariga qarshi bahs olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 

Futbolkalarni harid qilishni istagan o'quvchi +99890-988-67-55 raqamiga qo'ng'iroq qilishi mumkin. Futbolkalar soni chegaralangan, 20ta! Sotuvdan tushgan pullarning bari "K.K 26" akciyasiga qo'shiladi. Aynan futbolkaga ega bo'lgan o'quvchilargina o'zbek futboli yulduzlariga qarshi bahs olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 

Shuningdek, "SA" tomonidan turli nominaciyalar bo'yicha oliy liganing eng yaxshilari deb topilgan futbolchi va mutaxassislar maxsus diplom bilan rag'batlantiriladi. 


Qarshi tadbiri rejasi:

Xayriya tadbirining o'tkazish sanasi: 2014 yil 22 noyabr

 15:00da – Xayriya tadbirini ochilish marosimi, Qashqadaryo viloyat hokimining maruzasi.

 15:10da – Xonanda Alijon Isoqov boshchiligidagi sanatkorlarning koncert dasturi

 15:40da – “Nasaf” futbol maktabining 2005-2006 yillarda to'g'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol o'yini (10 daqiqadan ikki bo'lim, 5 daqiqalik tanaffus).

 16:05da – Koncert dasturining davomi

 16:15da – Kamoliddin Kenjaev do'stlari o'rtasida futbol shou uchrashuvi (20 daqiqadan, ikki bo'lim, 10 daqiqa tanaffus). Tanaffus paytida yana Alijon Isoqov koncert dasturini davom ettiradi.

 17:05da – Xayriya dasturini yakunlash marosimi.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia