Kimmix yangi shartnoma haqida: "Men yozni kutib o'tirmayman"

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024, 20:01
"Bavariya" va Germaniya termasi vakili Yozua Kimmix kelajagi borasida qishdayoq yakuniy qaror chiqarishini ma'lum qildi.

"Men yozni kutib o'tirmayman. Qishning biror kuni o'tirib, barchasini yaxshilab o'ylab, umumiy kartinani ko'rishga urinaman. Umid qilamanki, yanvarda to'g'ri qaror qabul qilaman".

Kimmix 2015 yil "Shtutgart"dan "Bavariya"ga ko'chib o'tgan. Uning shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsum 29 yoshli tayanch yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 19 o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma etkazib berdi va 2 bor sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

"Transfermarkt" portali Kimmixning transferini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com