Kimmix: "Bavariya" boshqacha o'ynashi kerak"

Mirjalol Normatov
16 apr 2023, 11:59
"Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmix "Xoffenxaym"ga qarshi o'yindan mamnun bo'lmadi.

"Bunday o'yinni tushuntirish juda qiyin., ayniqsa, hozir Bundesligada har bir ochkoning qadri yuqori bo'lib turibdi. Bizga koncentraciya, e'tibor yetishmadi. Kuchli o'yin ko'rsatmadik, demak, g'alabaga loyiq bo'lmadik. Biz qo'shishimiz kerak.

Barchamiz boshqacha futbol o'ynashimiz kerakligini yaxshi bilib turibmiz. Va barchamiz bunga qodir ekanligimizni bilamiz. Buni haftada nafaqat ikki kun, balki, uch kun ham ko'rsata olishimiz kerak", - dedi Kimmix.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal