Kilian Mbappe Messi haqida: "Bu "mitti" men uchun "GOAT" emas"

Omonjon To`xtamirzayev
29 avg 2024
"Real" hujumchisi Kilian Mbappening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kutilmagan post chop etildi.

Gap shundaki, xakkerlar uning sahifasi boshqaruvini qo'lga olishgan. Francuzni "Tvitter"da 14 million obunachi kuzatadi.

Notanish "mehmonlar" bir nechta post qoldirishgan. Ulardan biri Mbappening PSJdagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida edi. 

Aytishlaricha, xakkerlarning asosiy maqsadi "MBAPPE" kriptovalyutasiga e'tibor qaratish bo'lgan. Ma'lum bo'lishicha, bir kechada ular 10 million evro ishlab topishgan. Keyinroq barcha "tasodifiy postlar" o'chirib yuborilgan.


Ronaldu murabbiy bo'ladimi? Krishtianuning o'zi bu savolga javob berdi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Твиттер