Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasiga chaqirilmadi

Omonjon To`xtamirzayev
3 okt 2024, 19:13
Fransiya milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'in hamda Millatlar Ligasi doirasidagi uchrashuvlar uchun tarkibi e'lon qilindi.

Dide Desham ushbu o'yinlar uchun 23 nafar futbolchini chaqirdi. 

Darvozabonlar: Areola, Menyan, Samba 

Himoyachilar: Klauss, Din, Uesli Fofana, Teo Enandes, Konate, Kunde, Saliba, Upamekano 

Yarim himoyachilar: Kamavinga, Yussuf Fofana, Gyonduzi, Kone, Tchuameni, Zair-Emeri 

Hujumchilar: Barkola, Dembele, Kolo-Muani, Nkunku, Olise, Tyuram. 

Ko'rib turganingizdek, qaydnomada Kilian Mbappe yo'q. Avvalroq, terma jamoa sardori tiklanishi uchun vaqt talab qilinishi va u Fransiya terma jamoasiga chaqirilmasligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 

Eslatib o'tamiz, Millat Ligasida Fransiya terma jamoasi 10 oktyabr kuni Isroilga qarshi, 14 oktyabrda esa Belgiya termasiga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: France 3