Kilian Mbappe: "Bellingem yaxshi formada bo'lsa, dunyoning eng zo'ri. Muxlislar esa faqat bir kishini ayblamasliklari kerak"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2026, 02:31
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe jamoa atrofidagi tanqidlar va yarim himoyachi Jud Bellingemning holati haqida gapirdi.

Shanba kuni "Madrid" La Liga doirasida "Levante"ni (2:0) mag'lub etdi. Bungacha "qaymoqranglilar" Ispaniya Superkubogi finalida imkoniyatni boy berib, mamlakat Kubogidan chiqib ketishgandi. "Santyago Bernabeu" muxlislari g'alabaga qaramay, jamoani hushtaklar bilan kutib olishdi va kuzatib qo'yishdi.


"Bellingemning mahoratiga hech kimda shubha yo'q. U ulkan potencialga ega. Jud yaxshi sport formasida bo'lsa, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Hozir hamma uchun qiyin davr. Muxlislarning noroziligini tushunamiz. Lekin ular bitta odamga yopishib olmay, hammaga etiroz bildirishlari kerak. Bu faqat Judning yoki boshqa birovning aybi emas. Vaziyatni o'zgartirish - bizning vazifamiz.

La Ligada g'alaba qozondik, endi bor e'tiborni Chempionlar Ligasiga qaratishimiz kerak. Agar muxlislar bizning harakat qilayotganimizni va yaxshi o'ynayotganimizni ko'rishsa, yana bizni qo'llab-quvvatlashadi", - dedi Mbappe CHL doirasidagi "Monako"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As