Kiki Seten: “Jamoamning o'yinidan qoniqdim”

“Barselona” ustozi “Atletiko”ga qarshi (2:2) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Juda afsusdaman. Hammasi biz uchun qiyinlashib ketdi. Navbatdagi ochko yo'qotilishi bizda sovrin uchun kurashda imkoniyatlar yanada kamayganligini ko'rsatadi. Ammo ishlashda davom etishimiz kerak. “Atletiko” - yaxshi jamoa. Ular juda yaxshi himoyalanadi, bo'sh hududlarni yopishadi. Ularda ajoyib futbolchilar bor. Jamoamning o'yinidan esa qoniqdim”, - deydi Seten.

“Barselona” La Liga musobaqa jadvalida 70 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. 1-o'rindagi bitta kam o'tkazgan “Real”da esa 71 ochko mavjud.


Manba: Marca