Kike Seten: "Menga Koutino juda ham yoqadi. Uning "Barsa"ga qaytishiga umid qilaman"

Alisher
16 apr 2020, 14:37
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten yarim himoyachi Filippe Koutinoning kelajagi haqida fikr bildirdi.

27 yoshli braziliyalik futbolchi ayni damda "Bavariya"da ijara asosida o'ynamoqda.

"Koutinoni ajoyib o'yinchi deb hisoblayman. Menga u juda ham yoqadi. U "Barselona"ga tegishli. U bizga qaytishni xohlayapti.

Men uning mavsum boshida jamoamizda bo'lishiga umid qilyapman. Kerak bo'lsa, u bilan gaplashaman ham", - deydi Seten.

Koutino joriy mavsum Bundesligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS