
Markaziy uchrashuvlar:
7-turning markaziy o'yinlari qatoriga Muhammadamin Turg'unboev ("Bunyodkor") - Qahramon Solihboev ("Metallurg") hamda Sirojiddin Kamolov ("Bunyodkor") - O'ktam Ibragimov ("Lokomotiv") bahslarini kiritishimiz mumkin. Bu yigitlar turnir jadvalining yuqori qismida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.


Turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo'lib turgan o'zbek kiberfutboli afsonasi Abdusapi Qayumov ("Lokomotiv") "temiryo'lchilar"ning yana bir vakili Sanjar Usmanov bilan to'qnash keladi. Ayni damda uchrashuvlar boshlab yuborilgan. Bobur Bobomurodov ("Buxoro") turning ilk bahsida "Qo'qon-1912" vakili "Scudo7" nikli Shuhratni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
7-tur


