Keyta chigilyozdi mashg'ulotlar chog'ida jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 19:01
"Liverpul" sobiq xavbeki bir necha haftaga safdan chiqdi.

Nabi Keyta jarohati sabab bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Shu yozda "Liverpul"dan "Verder"ga o'tgan yarim himoyachisi "Oldenburg"ga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan o'tkazilgan chigilyozdi mashqlarda jarohat orttirib oldi. Yarim himoyachining tiklanishi bir necha hafta davom etadi.

Keyta 2022/23 yilgi mavsum "Liverpul" libosida atigi 8 ta o'yinda maydonga tushgandi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: werder.de