Keyta Balde "Spartak" a'zosiga aylandi

Administrator
27 avg 2022, 00:40
Futbolchi faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.

Faoliyati davomida "Lacio", "Monako" va "Inter" klublari sharafini himoya qilgan Keyta Balde Rossiyaning "Spartak" klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 3 yilga mo'ljallangan. Balde "Spartak" tarkibida to'qqizinchi raqamda harakat qiladi.

27 yoshli hujumchining faoliyatidagi oxirgi klubi "Kalyari" bo'lgandi. O'tgan yili A Seriyada Keyta Balde 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 gol va bitta assist qayd etgan. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: spartak.com