

Ma'lumotlarga ko'ra, Keyrush sharoitlar yaxshi emasligidan nolimoqda va Erondan kyetishi kutilmoqda. Portugaliyalik murabbiyga Afrika terma jamoalaridan, xususan, Jazoir termasidan taklif bor.
Bugungi qur'adan so'ng murabbiyning fikrlari shunday bo'ldi: "Bu bosiqchda oson o'yinlar bo'lmaydi. Maydonda va uning tashqarisida juda katta bosim bo'ladi".
Eslatib o'tamiz, Karlos Keyrush 2011 yildan buyon Eron terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Murabbiy jamoani 2014 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqandi.



