Keyrush Eron terma jamoasidan ketganini ma'lum qildi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2022
Karlush Keyrush Eron terma jamoasi bosh murabbiyligidan kyetishini ma'lum qildi.

“Yigitlar va aziz do'stlar! Futbolda ruhiy g'alaba degan tushuncha yo'q, lekin o'z xohish-istaklaringiz va ruhiyatingizni namoyon etish uchun bor kuchingizni sarflaganingizdek, orzularingizga erisha olmaganingiz uyatli emas.

Men sizlar bilan faxrlanaman, siz maydonda ham, maydon tashqarisida ham qoyilmaqom insonsizlar.

Ushbu oilaning bir bo'lagi bo'lish men uchun sharaf. Sizlar hurmatga loyiqsizlar. Barchangizga baxt, tinchlik, muvaffaqiyat va sog'liq tilayman. Rahmat”, - deb yozadi Keyrush.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis boshchiligida Eron terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida Angliya, AQSH va Uels ishtirokida guruh bosqichida 3 ochko bilan 3-o'rinni egalladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/carlosqueiroz_