Keyn yozda "Tottenxem"dan ketmasligini e'lon qildi

Alisher
25 avg 2021, 17:38
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn ushbu transfer oynasida jamoadan ketmasligini e'lon qildi.

"Ushbu yakshanbada "shporlar" muxlislarining bunday kutib olishini ko'rish, so'nggi haftalarda qo'llab-quvvatlash so'zlarini o'qish aql bovar qilmas bo'ldi.

Ushbu yozda "Tottenxem"da qolaman va 100% jamoaning muvaffaqiyatga erishishida yordam berishga e'tiborimni qarataman", - deb yozdi forvard tvitter sahifasida.

Oldinroq bir necha bor angliyalik futbolchining "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi borasida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/HKane