Keyn Sloveniya bilan o'yinda sardor bo'ladi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2017, 22:51
Tottenxem hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi sardori bo'ladi.

Hujumchi Sloveniyaga qarshi o'yinda sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushadi.

Keynning yetakchilik hislatlari jamoamiz uchun juda kerak. Xarrining faoliyatida hozir juda ajoyib davr. Uni anchadan buyon bilaman, kuchayib bormoqda.

Keyn doimiy ravishda sardor bo'ladimi yoki yo'qmi hali ma'lum emas. Terma jamoada bir nechta yetakchilarni ko'rayapman, – deydi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com