Keyn joriy mavsum 5-marta "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi - bu rekord

Оқил Абдубарноев
6 iyun 2024, 23:56
Harri Keyn joriy mavsum 5-marta “Bavariya”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Angliyalik hujumchi may oyida muxlislar ovozi bo'yicha ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Keyn 16% ovoz to'plab, yarim himoyachi Konrad Laymer va himoyachi Alfonso Devisni (har biri 12%) ortda qoldirdi.

May oyida Harri myunxenliklar tarkibida ikkita o'yin o'tkazdi - "Shtutgart" (1:3) va "Real Madrid" (1:2). Birinchi o'yinda u penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, ikkinchisida golli uzatma berdi.

30 yoshli futbolchi bir mavsumda besh marta oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritib, klub rekordini o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbayern.com