

"Biz kubokni yutishimiz mumkinligiga ishonishimiz kerak. Bu haqda gapirishdan qo'rqmang. O'ylaymanki, Angliya terma jamoasi buni uddalay oladi. Agar muvaffaqiyatimizga ishonmasak, Jahon chempionatida ishtirok etish uchun hech qanday sabab ko'rmayapman. Albatta, oson bo'lmaydi, lekin kurashamiz. Vazifalar haqida gapirishdan qo'rqmaslik muhim", – dedi to'purar.
Angliya 2022 yilgi Jahon chempionatida AQSH, Eron va Uelsga qarshi o'ynaydi. Turnir Qatar futbol maydonlarida 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.



