Keyn Bundesligada gollar bo'yicha yana bir rekord o'rnatdi
Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023, 10:50
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn chempionatning 15-turi doirasida "Shtutgart"ga qarshi bahsda (3:0) dubl qayd etdi.
Angliyalik musobaqada 20 ta gol urishga ulgurdi, buning uchun unga 14 ta o'yin etarli bo'ldi. Bu Bundesliga tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich. Uve Zeeler 20-golini 21 o'yinda, Erling Xoland esa - 22 uchrashuvda urishga muvaffaq bo'lgandi.