Keyn APLda qatorasiga 9 mavsumdan beri 10+ gol urmoqda. Bunga oldin faqat uch futbolchi erishgan

Eldor Akmurzayev
24 okt 2022, 07:50
APL 13-turida "Tottenxem" o'z maydonida “Nyukasl Yunayted”ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

“Shporlar” safida Xarri Keyn raqib darvozasini ishg'ol etdi. Keyn qatorasiga 9-mavsum 10+ gol urdi va musobaqada bunday natijaga erishgan 4-futbolchiga aylandi. Avvalroq, Serxio Aguero, Ueyn Runi va Frenk Lempard buning uddasidan chiqishgandi.

29 yoshli futbolchining mavsumlar davomidagi statistikasi:

2022/23 – 10 ta gol (davom etmoqda);

2021/22 – 17;

2020/21 – 23;

2019/20 – 18;

2018/19 – 17;

2017/18 – 30;

2016/17 – 29;

2015/16 – 25;

2014/15 – 21.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live