Keyn APL rekordini takrorladi

Mirjalol Normatov
19 mar 2023
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn APLda bosh bilan gol urish bo'yicha mavsumiy rekordni takrorladi.

29 yoshli forvard APL 28-turi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yinda boshi bilan zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bu Keynning mavsumda boshi bilan urgan 9-goli bo'ldi. Shu orqali u 1997/98 yilda "Everton" futbolchisi Dankan Fergyusonning rekordini takrorladi.

Ushbu mavsumda Keyn APLning 28 o'yinida 21 gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta