Keyn Angliya terma jamoasining “Yil futbolchisi” bo'ldi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2018
“Tottenxem Xotspur” klubi hujumchisi Garri Keyn muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra Angliya terma jamoasining 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

24 yoshli futbolchi o'tgan yili terma jamoa tarkibida 7ta gol kiritib, Angliyaning JCH-2018 final bosqichiga yo'llanma olishiga yordam bergandi. 

Angliya yoshlar terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi sifatida “Everton” darvozaboni Jordan Pikford topildi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: