

Angliya terma jamoasi sardori JCH-2022 nimchorak finalida Fransiyaga qarshi o'yinda (1:2) asosiy vaqtda ikkita penalti tepdi: birinchisida gol urdi, ikkinchisida esa yo'q.
"Men uchun Keyn – Angliya tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri. U kuchliroq bo'ladi. Zimmasida katta mas'uliyat bor. Menimcha, Jahon chempionatini ajoyib o'tkazdi.
Keyn [Fransiyaga qarshi o'yinda] yetakchi sifatida maydonga tushdi, birinchi penaltini aniq amalga oshirdi, mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi. Ikkinchi penaltidan unumli foydalana olmadi, lekin bu o'yinning bir qismi. U ko'p narsani gardaniga oldi.
Barcha ko'rsatkichlari va o'yinlarini inobatga olsak, ajoyib o'yinchi. Uni qo'llab-quvvatlayman, chunki men bunday vaziyatda bo'lganman va bu nima ekanligini bilaman", – dedi "Milan", "Chelsi" va Ukraina termasi sobiq hujumchisi.
Shevchenko Istanbulda kechgan "Milan" va "Liverpul" o'rtasidagi 2004/05 yilgi Chempionlar Ligasi finalida (3:3, penaltilar bo'yicha – 2:3) hal qiluvchi penaltini ko'kka sovurgan.



