Keylor Navas: "Xetafe" bizga qarshi bor kuchi bilan o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
17 apr 2016, 12:50
"Real" darvozaboni Keylor Navas "Xetafe"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"O'yin biz uchun qiyin bo'ldi. "Xetafe"ning turnir jadvalidagi o'rni yaxshi emas. Shu sababli, ular bizga qarshi bor kuchlari bilan o'ynashga harakat qilishdi. Lekin, biz o'z o'yinimiz bilan g'alabaga loyiq edik. Taslim bo'lish yo'q. Keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonishimiz lozim. Ishonamiz, hali chempionatda g'olib bo'la olamiz", - deydi darvozabon.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com