Keyingi mavsum Xavi "Al-Sadd" murabbiyiga aylanadi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019, 12:09
"Barselona" sobiq futbolchisi, ayni damda Qatarning "Al-Sadd" sharafini himoya qilayotgan Xavi joriy mavsum faoliyatini yakunlaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi futbolchilik faoliyatini yakunlashi bilan Qatar klubining murabbiyiga aylanadi. Xavi "Al-Sadd"da tajriba to'plab, 2021 yilda "Barselona" bosh murabbiyi sifatida ishlamoqchi.

Xavi joriy mavsum Qatar chempionatining 11ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Catalunya Ràdio