PSJ darvozaboni Kevin Trapp yaqin orada maydonga tusha olmaydi.
Bu haqda "L'Equipe" xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi sonidan jarohat olgan va kamida ikki haftani o'tkazib yuboradi. Darvozabon Fransiya chempionatining 22-turida "Monako"ga qarshi bahsda jarohatlangan edi.